Barcha maqolalar
Maqolani ulashish

Najot Ta'limda "O'tkan kunlar" kitobi muhokamasi

Najot Ta'limda "O'tkan kunlar" kitobi muhokamasi
Jamoaviy kitob muhokamasining eng qiziq joyi: Jamoadoshingiz aynan siz o‘qigan kitob bo‘yicha siz umuman e’tibor bermagan, o‘ylab ham ko‘rman bir xulosani aytishidir. Kerak bo‘lsa aynan shu xulosa kitobni yana qayta o‘qishingizga sabab bo‘ladi. Kitob o‘qishni odat qilish uchun aynan shu kabi kitob muhokamalari ayni muddao. Korporativ madaniyatni ham rivojlanishga juda katta yordam beradi. Muhokamada hamma o‘z fikrini bildirishi va qolganlarni tinglashi lozim. Ish jarayonidagi eng muhim qismlar ham shundan iborat aslida. Kimgadir ma’lum bir jarayonni tushuntirish va ma’lum bir jarayonni boshqa biriga tushuntirish. Kitob muhokamasi aynan shu ko‘nikmalarni yaxshi shakllantiradi. Qolaversa, kitobni o‘qib ichidan xulosa olish, biznesdagi ichki jarayonni kuzatib xulosa olish ko‘nikmasini rivojlantiradi. P.s "O‘tkan kunlar" kitobini har bir o‘zbek o‘qishi shart.
2026-yil 29-iyul 2 marta o‘qilgan